Bolalar chizgan rasmlar auksionda sotilyapti
“Sen kuchlisan” bir yoshga toʻlishi munosabati bilan xayriya tadbiri 2 kun oʻtkaziladi.
Jamiyat
14-avgust, 19:17
“Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasining navbatdagi rasm koʻrgazmasi boshlandi. Koʻrgazma Toshkentda 14-15 avgust kunlari oʻtkaziladi.
Tadbirdan asosiy maqsad onkologik va gematologik kasallikka chalingan bolajonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga xursandchilik ulashishdir. Shu bilan birga ular tomonidan chizilgan suratlar koʻrgazmasi va kimoshdi savdolari oʻtkazilmoqda.
Ushbu savdodan yigʻilgan mablagʻlar Oʻzbekistonda onkologiyaga chalingan bolalar oʻrtasida oʻlim koʻrsatkichlarini pasaytirishga sarflanadi.