platina.uz
Sport

Xalq oʻz qahramonlarini munosib kutib oldi

Bosh vazir Abdulla Aripov prezident tabrigini oʻqib eshittirdi. Qahramonlarga pul, uy va qimmatbaho mashinalar berildi.

Xalq oʻz qahramonlarini munosib kutib oldi

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, yorqin va unutilmas natijalarni qayd etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari bugun, 12 avgust kuni yurtimizga yetib kelishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga binoan, delegatsiyamiz aʼzolari Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi. Davlat rahbarining tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

Delegatsiyamiz korteji poytaxt koʻchalari boʻylab aylanib, Milliy olimpiya qoʻmitasiga keldi. Bu yerda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva va Bosh vazir Abdulla Aripov chempionlarga Prezident sovgʻalarni topshirdilar.

Bu yilgi olimpiadada oʻzbekistonlik har bir sportchining chiqishini yurtdoshlarimiz oʻzgacha hayajon va intiqlik bilan kuzatib borishdi. Bunga javoban olimpiadachilarimiz oʻzlarining yorqin gʻalabalari bilan barcha yurtdoshlarimizga juda yuqori kayfiyat ulashishdi. Unutilmas va tarixiy natijalarga barchamiz guvoh boʻldik.

Bundan tashqari, Parijda oʻtgan bu Olimpiada nafaqat Oʻzbekistonlik sportchilarning yorqin gʻalabalari bilan esda qoldi, balki Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi juda iliq munosabatlarni koʻrsatib berdi. Qoʻshnilar oʻrtasida oʻzaro hurmat va qoʻllab-quvvatlash yaqqol sezilib turibdi.

Maʼlumot uchun, oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQSh dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottedj sovgʻa qilindi.

Kumush medal sohiblariga:

— 100 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

Bronza medali sohiblariga:

— 50 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid