platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi reklamalar boʻyicha telekanallarga koʻrsatma yubordi

Reklama qonunchiligiga amal qilmaganlarga moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi maʼlum qilingan. 

Raqobat qoʻmitasi reklamalar boʻyicha telekanallarga koʻrsatma yubordi

Raqobat qoʻmitasi telekanallarga reklama qonunchiligi boʻyicha koʻrsatma yubordi.

Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablari buzilishi holatlari koʻzga tashlanmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Qoʻmita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) koʻrsatma xati yuborildi.

Koʻrsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta koʻrib chiqishi soʻralgan.

"Ushbu koʻrsatma xati talabalaridan kelib chiqib, Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari oʻtkazadi va oʻrganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yoʻl qoʻygan subʼektlarga nisbatan qatʼiy taʼsirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini maʼlum qilamiz" deyiladi qoʻmita xabarida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid