JSST Oropush virusi boʻyicha xavotirli bayonot berdi
Ushbu virus Kuba, Italiya va Ispaniyada qayd etildi. Kasallikka qarshi vaksina hali yaratilgani yoʻq.

Hasharotlar chaqishi orqali yuqadigan Oropush virusi avj olgan joylarda sayyohlar va mahalliy aholi uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda.
Global News maʼlumotlariga koʻra, potensial halokatli kasallik boʻlgan Oropush isitmasi mayda chivinlar va boshqa hashorotlar orqali tarqaladi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti virusning avj olayotgani haqida maʼlumot berdi. Zika va dang isitmasi kabi kasalliklar oilasiga mansub virusga qarshi bugungi kunda hech qanday vaksina mavjud emas.
Virus anʼanaviy ravishda Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgandi, ammo bu yil u Kuba, Italiya va Ispaniya kabi yangi joylarga ham qayd etildi.
25 iyul kuni Oropush isitmasi bilan bogʻliq birinchi oʻlim holatlari qayd etildi. Qurbonlar sogʻligʻi yomon boʻlmagan ikki yosh braziliyalik ayol edi.
JSST virusning Kuba kabi mashhur sayyohlik joylarida tarqalishi sayyohlar uchun potensial xavfli ekanligini taʼkidlagan. Yaʼni sayyohlar uchun ushbu virus potensial xavf boʻlib qolmoqda.