Donald Tramp Ilon Maskka intervyu berdi: asosiy fikrlar
Saylovdagi raqiblarini qoralagan Tramp "Ukraina muammosini osonlik bilan hal qilish mumkinligini", "Shimoliy Koreyani toʻxtatib qolgani" haqida ham gapirdi.

AQSh sobiq prezidenti va amaldagi nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskga intervyu berdi. Siyosatchi asosan saylov, raqiblari va jahondagi vaziyat haqida gapirgan.
Jumladan, u oʻz raqibi Kamala Xarris va amaldagi davlat rahbari Jo Baydenni qobiliyatsiz deb atagan.
"Men ular hech narsa qilmasligiga ishonaman, bularning barchasi rostini aytsam, menimcha, Kamala Baydendan ham koʻra qobiliyatsizroq", dedi prezidentlikka nomzod.
Dunyo boʻylab yuz minglab foydalanuvchilar kutgan suhbat jiddiy kechikishlarga duch keldi va 40 daqiqa kech boshlandi. Maskning soʻzlariga koʻra, X tarmogʻi "katta DDOC hujumiga" duchor boʻlgan va u eshittirishni kechiktirgan.
Agar Tramp qayta saylansa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yana bir bor "kelishish"ni kutmoqda. Avvalroq Tramp Ukraina urushini 24 soat ichida hal qilishda vaʼda bergandi.
Trampning soʻzlariga koʻra, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlishi boʻyicha muzokaralarga ruxsat berib, "ahmoqlik qilgan".
"Ukrainada hozir erkaklar etishmayapti, ular jang qilish uchun hozir yoshlar va juda keksa odamlardan foydalanmoqda va... biz juda yomon ahvoldamiz. Va men bunga chek qoʻya olardim", dedi sobiq prezident.
U, shuningdek, Eronga murojaat qilib, agar u prezident boʻlsa, Tehron Isroilga hujum qilmasligini aytdi. "Men Eronga yomonlik qilishni xohlamayman", dedi respublikachi nomzod. Trampning soʻzlariga koʻra, sobiq prezident Barak Obama uni Shimoliy Koreyaning yadro quroli AQSh oldida turgan "eng katta muammo" ekani haqida ogohlantirgan. "Prezident Obama biz (Shimoliy Koreya bilan) yadroviy urush boshlaymiz, deb oʻylagan edi", — dedi Tramp. "Men bu muammoni tezda hal qildim", deya qoʻshimcha qildi u Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan koʻp sonli uchrashuvlarini misol keltirib.
U Maxfiy xizmatning iyul oyidagi suiqasd paytidagi harakatlarini "professional" deb baholadi, ammo umumiy vaziyat unda "syurreal taassurot" qoldirgan.