platina.uz
Jahon

Ukrainadagi AESda yongʻin yuz berdi

Mazkur AES urushning ilk kunlarida Rossiya tomonidan egallab olingandi. Kiyev hodisada rossiyaliklarni aybladi. 

Ukrainadagi AESda yongʻin yuz berdi

Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporoje atom elektr stansiyasida kuchli yongʻin sodir boʻldi.

Atom elektr stansiyasidagi yongʻinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasini, Moskva tomoni esa Ukrainani aybladi.

TASS xabariga koʻra, Ukraina qurolli kuchlari Zaporoje atom elektr stansiyasiga kamikadze dron bilan zarba bergan, shundan soʻng stansiyaning sovutish tizimlarida yongʻin chiqqan. Yongʻin natijasida hech kim jabrlanmagan.

Stansiyada portlash xavfi yoʻq, radiatsiya foni normal, deb yozadi nashr.

Ayni paytda, RBK xabariga koʻra, obʼektdagi yongʻin oʻchirilgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Zaporoje boshqarmasi aniqlik kiritishicha, yongʻin mahalliy vaqt bilan 11 avgust soat 23:30da oʻchirilgan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu AES hududini Rossiya Ukraina urushining ilk kunlaridayoq egallab olgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid