Lukashenko Belarusda yangi prezident kelishiga ishora qildi
U prezidentlikdan ketgach, "qishloqqa borib hayot kechirishi"ni aytgan. Lukashenko 1994 yildan buyon rahbarlikni hech kimga bermasdan kelmoqda.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shklovskiy tumaniga safari chogʻida belarusliklarni "mamlakatda tez orada boshqa prezident boʻlishi mumkinligi" haqidagi fikrga oʻrganishlari kerakligini aytdi.
"Men hammangizga omma oldida ayta boshlayapman: prezident boshqa kishi boʻlishiga koʻnikishingiz kerak", — deya uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi "SB-Belarus Segodnya" davlat nashri.
Shu bilan birga, Lukashenko mahalliy aholini ertaga ham, undan keyin ham tashlab ketmasligiga ishontirdi. "Ammo hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin, men ham sizlar kabi abadiy emasligimga koʻnikishingiz kerak", dedi prezident.
Shuningdek, u ketishdan oldin belaruslarga tinch va osoyishta mamlakat qoldirib ketayotganiga ishonch hosil qilishni istashini aytdi.
"Men ketganimda, biron qishloqda sizning yoningizda yashayman, qaytib kelaman va vaziyat yomonlashmaganini eslaysiz va rahmat aytasiz", dedi Lukashenko.
2025 yilda Belarusda yettinchi bor prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadi. Lukashenko avvalgi saylovlarning barchasida gʻalaba qozongan. U mamlakatni 1994 yildan boshqarib keladi. 2020 yilgi saylovlarni Gʻarb tomoni tan olmagan.