1 sentabrdan pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi
Oktbyardan esa byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim muassasalari pedagoglari maoshi oshadi.

Oʻzbekistonda 2024 yil 1 sentabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bu haqda Prezident farmonida maʼlum qilindi.
Unga koʻra:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 soʻm;
-yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 soʻm;
-nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 soʻm etib belgilanadi.
2024 yil 1 oktabrdan boshlab:
- byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi;
byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm etib belgilanadi.