platina.uz
Sport

Svetlana Osipova - kumush medal sohibi

U taekvando WT boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik ayol sportchiga boʻldi. 

Svetlana Osipova - kumush medal sohibi

Svetlana Osipova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida kumush medalga sazovor boʻldi.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik ayol sportchiga aylandi. U sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi Alteya Lorenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu natijadan keyin terma jamoa hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid