platina.uz
Sport

Abdumalik Xalokov ham olimpiada chempioni boʻldi

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi. 

Abdumalik Xalokov  ham olimpiada chempioni boʻldi

Abdumalik Xalokov Oʻzbekiston delegatsiyasiga yettinchi oltin medalni taqdim etdi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov sovrinlari orasiga yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medalini ham qoʻshib qoʻymoqda.

Buxorolik sportchi chempionlik jangida Qirgʻiziston vakili Munarbek Seitbek oʻgʻlini magʻlub etib, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 7 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid