Razambek Jamalov Oʻzbekistonga oltinchi oltin medalni keltirdi
U erkin kurash boʻyicha chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratdi.

Razambek Jamalov – Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal qoʻlga kiritildi.
Mazkur medalga erkin kurashchi Razambek Jamalov mualliflik qildi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jamalov chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.