Prezident Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Laziz Mullajonov bilan muloqot qildi
Ushbu gʻalabalardan soʻng Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor rekord beshta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev olimpiada chempionlari bilan gaplashdi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni boʻyicha rekord koʻrsatkichga erishilishiga hissa qoʻshgan sportchilar - bokschilar Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

"Boks boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahramonlari boʻldingiz. Yangi Oʻzbekistonning yangi yoshlariga juda katta oʻrnak, namuna boʻlayapsizlar. Yurtimiz oʻgʻlonlari nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyo hamjamiyati koʻrib turdi va men sizlardan gʻururlanaman", - dedi prezident.
Prezident yuqori natijalarga erishayotgan olimpiyachilarimizga, butun terma jamoamizga oʻzining qizgʻin salomini yetkazishni soʻradi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tarixda ilk bor olimpiadada beshta oltin medal qoʻlga kiritdi.