platina.uz
Sport

Oʻzbekiston olimpiadada tarixiy natija qayd etdi

Lazizbek Mullajonov jamoaga beshinchi oltinni keltirdi. Oʻzbekistonning olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasi 4 ta oltin edi.  

Oʻzbekiston olimpiadada tarixiy natija qayd etdi

Lazizbek Mullajonov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylandi.

Mullajonov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi medallari hozircha 5 ta oltin va 3 ta bronzaga yetdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi yozgi Olimpiya oʻyinlarida medallar sifati boʻyicha oʻz tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yakuniga yetmagan boʻlsada, Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni paytning oʻzidayoq 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid