Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev olimpiada chempioniga aylandi
Oʻzbekiston hisobidagi oltin medallar soni toʻrttaga yetdi.

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Oʻzbekiston delegatsiyasiga toʻrtinchi oltin medalni taqdim etdi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi.
Final jangida u meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar ayni paytga kelib 4 ta oltin va 3 ta bronzani tashkil qilmoqda.