AQSh tez orada Isroilga 3,5 mlrd dollar ajratishi kutilmoqda
Bu Kongress tomonidan tasdiqlangan 14,1 milliard dollarlik yordam paketining bir qismidir.

AQSh Isroilga qurol-yarogʻ va harbiy texnika sotib olish uchun 3,5 milliard dollar ajratishga tayyor, deb xabar berdi AQSh Davlat departamenti. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Avvalroq CNN oʻz manbalariga asoslanib, moliyalashtirish yaqin orada taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.
Bu aprel oyida Kongress tomonidan tasdiqlangan 14,1 milliard dollarlik yordam paketining bir qismidir. Shu bilan birga, Kongress Ukraina va Tayvanga yordam ajratishni maʼqulladi.
Isroil Falastinning HAMAS va "Hizbulloh" guruhining bir necha yetakchilarini Tehron va Bayrutda yoʻq qilganidan soʻng, Erondan ehtimoliy hujum kutmoqda. Isroil qurol va jihozlar uchun pul olishi mintaqada yangi katta urushga olib kelishi mumkin.
Isroil Qoʻshma Shtatlardan olingan mablagʻga sotib olingan qurollarni darhol qabul qila olmaydi, deb taʼkidlaydi telekanal.
AQSh puliga buyurtma qilingan harbiy texnika bir necha yil ichida tugashi mumkin, Vashington baribir strategik zaxiralaridan Isroilga quro ajratishga majbur boʻladi, deya maʼlum qilgan telekanal.
AQSh rahbariyati Yaqin Sharqdagi keskinlik darajasini diplomatik usullar bilan kamaytirishga harakat qilmoqda. 8 avgust, payshanba kuni AQSh, Misr va Qatar rasmiylari Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va asirga olingan isroilliklarni qoʻyib yuborish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Eron va Isroilni Yaqin Sharqdagi vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi.




