Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan deya topildi
Oʻzbekiston poytaxtida yashash Markaziy Osiyoning ayrim shaharlari, masalan Olmaota, Ostona va Bishkekdan koʻra arzonroq. Jeneva esa eng qimmat shahar deya topildi.

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent jahonning yashash uchun arzon shaharlaridan deya topildi. Toshkent Numbeo portali eʼlon qilgan roʻyxatda 218 shahar orasida 201-oʻrinni egallagan.
Toshkent Markaziy Osiyoning eng qimmat toʻrtinchi shahri boʻlib qolmoqda, undan avval Olmaota, Ostona va Bishkek joylashgan.
Shveysariyaning Jenevasi esa 2024 yilda yashash uchun eng qimmat shahar deb topildi.
Reyting dunyoning 218 ta shahrini oʻz ichiga oladi va har olti oyda chop etiladi. U toʻrt kishilik oila uchun yashash narxining turli jihatlarini aks ettiruvchi bir nechta asosiy indekslarni hisobga oladi.
Keng qamrovli baholash uchun "yashash qiymati indeksi" qoʻllaniladi. U oziq-ovqat, restoranlar, transport va kommunal xizmatlar kabi isteʼmol tovarlarining nisbiy narxlarini koʻrsatadi. Ammo bu indeks ijara yoki ipoteka qiymati kabi yashash xarajatlarini oʻz ichiga olmaydi.
2024 yilda eng qimmat shahar 101,7 ball bilan Jeneva (Shveysariya) boʻldi. Shveysariyaning yana bir shahri Syurix ikkinchi oʻrinni egalladi (100,4 ball). Reytingda uchinchi oʻrinni Nyu-York, uchinchi oʻrinni San-Fransisko va Boston egalladi.
Pokiston va Hindiston shaharlari eng arzon shaharlar boʻlib chiqdi: Karachi (19,0), Lahor (19,1) va Kalkutta (21,1).




