platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan muloqot qildi

Oʻzbekiston rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila roʻy bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirgan. 

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan  muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila roʻy bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston Yaponiya tomonining "Markaziy Osiyo + Yaponiya" birinchi sammitini oʻtkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorini toʻliq tushunishi taʼkidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid