platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi nutqida muhim takliflar bilan chiqdi

Oʻzbekiston rahbari  Markaziy Osiyo davlatlari ID-kartalari oʻzaro tan olinishini, xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etdi. 

Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi nutqida muhim takliflar bilan chiqdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida nutq soʻzladi. Unda prezident xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, turizm va boshqa masalalarda takliflarni ilgari surdi.

Prezidentga koʻra, "Markaziy Osiyo oʻzining geosiyosiy joylashuvi tufayli global ishonch inqirozi va mojarolar keskinlashuvining barcha salbiy oqibatlarini toʻliq boshdan kechirmoqda.

Ukraina atrofida va Yaqin Sharqda sodir boʻlayotgan voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatmoqda. Anʼanaviy savdo va transport zanjirlari buzildi. Biz sanksiyalar siyosatining asiriga aylandik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi, inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar qisqarmoqda, proteksionizm kuchayib, yangi-yangi toʻsiqlar paydo boʻlmoqda".

Shavkat Mirziyoyev Tashqi siyosat idoralar tomonidan strategik hujjat – Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblashini bildirgan.

Mamlakatlar Bosh vazirlari oʻrinbosarlari darajasida Iqtisodiy kengash – muntazam ravishda uchrashuvlarni yoʻlga qoʻyishni taklif etildi.

Global iqlim oʻzgarishi oqibatlari mamlakatlarning har birida sezilmoqda. Harorat koʻtarilishi, muzliklar erishi, toshqinlar, qurgʻoqchiliklar, chang boʻronlari va boshqa koʻplab tabiat hodisalari jiddiy talafotlar yetkazishda davom etmoqda.

"Joriy yilning noyabr oyida Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan Iqlim sammiti davomida mamlakatlar yagona pozitsiya bilan chiqishlari mumkin" dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari ID-kartalari oʻzaro tan olinishini taklif etdi.

"Turizm sektori mintaqaviy hamkorlikning yangi drayveriga aylanib bormoqda.

Turistik almashuvni kengaytirish maqsadida “Bitta tur – butun mintaqa” tamoyili boʻyicha milliy ay-di kartalarni oʻzaro tan olish va ommaviy turistik mahsulotlarni ishlab chiqish masalalarini oʻrganib chiqishni taklif qilamiz" deya taʼkidlaydi Mirziyoyev.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid