platina.uz
Jahon

Meksika Putinni hibsga olish boʻyicha soʻrovni rad etdi

Mamlakatda oktabr oyida yangi prezident inauguratsiyasi boʻlib oʻtadi, shu sababdan Rossiyaga ham taklifnoma yuborilgan. 

Meksika Putinni hibsga olish boʻyicha soʻrovni rad etdi

Meksika Rossiya rahbari Vladimir Putinni hibsga olish soʻrovini rad etdi. Ukraina tomoni Putin joriy yil oktabr oyida yangi davlat rahbari inauguratsiyasiga kelsa uni qoʻlga olishni soʻragan.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. "Biz buni qila olmaymiz. Bu bizning ishimiz emas", dedi amaldagi prezident Andres Manuel Lopes Obrador 8 avgust kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Ukraina, agar Putin 1 oktabr kuni saylangan prezident Klaudiya Sheynbaumning qasamyod qilish marosimida qatnashsa, uni hibsga olishni soʻradi.

Meksikaning Ukrainadagi elchixonasining 7 avgustdagi bayonotida keltirilgan soʻrov BMT Xalqaro jinoiy sudi omonidan chiqarilgan hibsga olish orderiga ishora qiladi.

"Umid qilamizki, Meksika hukumati Vladimir Putin harbiy jinoyatchi ekanligini va uni hibsga olish uchun orderi borligini biladi", — deyiladi bayonotda.

Sheynbaum jamoasi Rossiya prezidentini inauguratsiya marosimida ishtirok etishga taklif qildi va shu hafta boshida u Meksika bilan diplomatik aloqada boʻlgan barcha davlatlarga diplomatik xabarnoma yuborganini taʼkidladi.

Iyun oyida Putin Sheynbaumni saylovdagi gʻalabasi bilan tabriklab, Meksikani "Rossiyaning Lotin Amerikasidagi tarixiy doʻstona hamkori" deb atagan edi.

Oʻtgan yili xalqaro sud Putinni hibsga olishga order berib, uni 2022 yil fevralida keng koʻlamli bosqin boshlanganidan keyin bolalarni Ukrainadan Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilganlikda ayblab, harbiy jinoyatlarda aybladi. Meksika ushbu sud yuridiksiyasini tan oladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid