platina.uz
Jamiyat

"Tok bor" MChJ Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Uning elektromobillar va gibrid avtomobil vositalarini quvvatlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bozordagi ulushi 40 foizdan oshgan. 

"Tok bor" MChJ Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qoʻmitasi "Tok bor" MChJ Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topdi.

Bu haqda qoʻmitaning tegishli burugʻi eʼlon qilindi.

"Tok bor" MChJning elektromobillar va gibrid avtomobil vositalarini quvvatlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha bozordagi ulushi 40 foizdan ortiqni tashkil etganligi munosabati bilan ustun mavqega ega deb eʼtirof etilsin. Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan uch kunlik muddatda "Tok bor" MChJga tegishli xabarnoma yuborilsin" deyiladi qoʻmita raisi buyrugʻida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi Knauf kompaniyasining ham ustun mavqeini eʼtirof etgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid