platina.uz
Jamiyat

"Olmazor"da koʻp funksiyali mahalla binosi qurilmoqda

Qahramon Quronboyev Bulungʻur tumanidagi "Olmazor" mahallasiga tashrif buyurdi.

"Olmazor"da koʻp funksiyali mahalla binosi qurilmoqda

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Bulungʻur tumanidagi "Olmazor" mahallasiga tashrif buyurdi. Bu yerda qurilishi yakuniga yetayotgan "Yangi Oʻzbekiston" massivi va mahallaning yangi binosi bilan tanishildi.

Mahalla binosining yertoʻlasida sogʻlomlashtirish markazi, 1-qavatda mahalla xodimlari faoliyati uchun xonalar, 2-qavatda tikuvchilik korxonasi va 3-qavatda axborot texnologiyalari markazi ish boshlaydi.

Shuningdek, mahalla binosining orqa tarafidagi yerga stadion va oilaviy shifokorlik punkti qurilishi rejalashtirilgan.

Uyushma rahbari mazkur ishlarning borishini koʻzdan kechirib, "Olmazor" mahallasi namunaviy mahallaga aylanishi lozimligini taʼkidladi. Mutasaddilarga zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid