Namanganda reklama qonunchiligini buzgan korxonalar jarimaga tortildi
Ular ijtimoiy tarmoqlarda tamaki, alkogol va oʻyinchoq qurollar ishtirokidagi materiallardan foydalangan.

Namanganda reklama qonunchiligini buzgan korxonalar jazolandi.
Raqobat qoʻmitasining Namangan hududiy boshqarmasi tomonidan hududda joylashtirilayotgan reklama axborotlarining qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish va tahlil ishlari olib borilgan.
Jumladan, “KOKOBANGO” MChJga qarashli “Amacnamangan” restoranining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini isteʼmol qilishga undovchi reklama roliklari joylashtirilganligi;
“NAMANGAN FLAMINGO RESTORANI” MChJga qarashli “Flamingo” restoranining ijtimoiy tarmoqlarida ham alkogol mahsulotlari aks etgan reklama materiallaridan foydalanilganligi;
Oʻquv markazi boʻyicha “MURODIM EDU” MChJga qarashli “MURODIMEDUCATION” markazga tegishli rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida reklama roligida oʻyinchoq quroldan foydalanilgan kadrlar joylashtirilgani aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra “KOKOBANGO” MChJ, “NAMANGAN FLAMINGO RESTORANI” MChJ hamda “MURODIM EDU” MChJga nisbatan reklama va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi natijasida belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatildi.
Ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi.




