platina.uz
Jamiyat

Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi

Kamiljan Aytbayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi, Amudaryo tumani hokimligi va boshqa idoralarda ishlagan. 

Taxiatosh tumaniga hokim tayinlandi

Kamiljan Aytbayev Taxiatosh tumani hokimi tayinlandi.

7 avgust kuni xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Aytbayev Kamiljan Kurbanbayevich Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlandi.

Kamiljan Aytbayev faoliyati davomida Amudaryo tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi, Xoʻjayli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Kengashi Raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

U bugungi kunga qadar Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid