platina.uz
Jamiyat

Qoraoʻzak tumaniga hokim tayinlandi

Anvar Baymuratov avval tumanda investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan. 

Qoraoʻzak tumaniga hokim tayinlandi

Anvar Baymuratov Qoraoʻzak tumani hokimi etib tayinlandi.

7 avgust kuni xalq deputatlari Qoraoʻzak tuman Kengashining navbatdan tashqari 81-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Qoraoʻzak tumani hokimi lavozimiga Baymuratov Anvar Maxsetovichni tayinlash masalasi koʻrib chiqildi va u Qoraoʻzak tumani hokimi etib tayinlandi.

Anvar Baymuratov faoliyati davomida qator masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan. U bugungi kunga qadar Qoraoʻzak tumani hokimining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Avvalroq Qoraqalpogʻistonda Taxiatosh hokimi ham almashgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid