platina.uz
Jamiyat

Mingbuloq va Furqat tumanlariga rahbarlar tayinlandi

 Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlib ishlab kelayotgan Ahror Mansurov Mingbuloq tumaniga hokim boʻldi. 

Mingbuloq va Furqat tumanlariga rahbarlar tayinlandi

Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi tumanlarga hokimlar tayinlandi.

Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlib ishlab kelayotgan Ahror Mansurov Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlandi.

Tayinlov Xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirilgan.

Shuningdek, Furqat tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Bugun, 7 avgust kuni Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Elyorbek Asronkulov Furqat tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Elyorbek Asronkulov 1985 yilda Bagʻdod tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda Pensiya jamgʻarmasi Bagʻdod tumani boʻlimi inspektori vazifasida boshlagan. Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boshqarmasida boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019-2020 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparatida faoliyat olib borgan. 2020-2023 yillarda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

2023 yil 20 avgustdan beri Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid