platina.uz
Jamiyat

"Milliy Cola", "Coca-Cola" va "Pepsi" laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazildi

Ushbu uch ichimlikning kimyoviy tarkibi va isteʼmolga yaroqliligi masalasi boʻyicha xulosa taqdim etildi. 

"Milliy Cola", "Coca-Cola" va "Pepsi" laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazildi

Oʻzbekistonda mashhur gazlangan ichimliklar sifati nazoratdan oʻtkazildi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Milliy Cola", "Coca-Cola", "Pepsi" gazlangan ichimliklarning sifatini tekshirgan.

Dastlab, savdo shoxobchalarida ushbu ichimliklarning yorliqlaridagi maʼlumotlar tekshirilgan. Tekshiruvlarga koʻra, ichimlik qadoqlarida ishlab chiqaruvchi, amal qilish muddati, tarkibi va boshqa maʼlumotlar davlat tilida va toʻliq yozilgani aniqlandi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi nazorat inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Zayniddin Jumayev esa ushbu uch mahsulotning tamgʻalanishi boʻyicha tekshiruv maʼlumotlarini taqdim etdi. Unga koʻra, har bir mahsulotda kerakli maʼlumotlar yozilgan, sertifikatlashtirilgan, amaldagi texnik standartlar asosida toʻgʻri tamgʻalangan.

Shuningdek, "Milliy Cola", "Coca-Cola", "Pepsi" gazlangan ichimliklari Sanepidqoʻmita va "Texnostandart neo" laboratoriyalarida tekshirildi.

Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasida oʻtkazilgan tekshiruvlarga koʻra, uch mahsulotda simob, kabmiy, qoʻrgʻoshin koʻrsatkichlari meʼyor darajasida deya topildi.

"Texnostandart neo" laboratoriyasida esa mahsulolatlarning quruq massa ulushi, spirt va gaz koʻrsatkichlari tekshirilgan. Masalan, uch mahsulotda spirt koʻrsatkichi 0,00 foiz ekani aniqlandi. Gazlanganlik koʻrsatkichi "Coca-Cola"da 0,43 foiz, "Pepsi"da esa 0,41 foizni tashkil etdi. "Milliy kola"da bu 0,42ni tashkil qilgan.

Natijaga koʻra, har uchchala mahsulot koʻrsatkichlari amaldagi meʼyorlarga toʻgʻri kelishi aniqlandi va isteʼmolga yaroqli deya topildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid