IIV tizimida 30 nafarga yaqin rahbar oʻzgardi
Lekin Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi bu haqdagi soʻrovimizga qisqa axborot bilan cheklandi xolos.

Kecha, 6 avgust kuni Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov boshchiligida ichki ishlar organlarida professional hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish vazifalariga qaratilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda tashkiliy masalalar ham koʻrib chiqildi. Xususan, vazirlikning sohaviy xizmatlari, hududiy hamda tuman-shahar ichki ishlar organlari boʻlinmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga yangi rahbarlar tayinlandilar.
Aynan qaysi hududlarga boshliqlar tayinlangani haqidagi soʻrovimizga vazir matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov qisqa axborot bilan cheklandi xolos.
Shuningdek, maʼlum qilinishicha, imtihon va sinovlar jarayonida xizmat faoliyatiga nomunosib topilgan 18 nafar xodim ishdan boʻshatilgan. Magistraturada oʻqish jarayonida 2 nafar tinglovchi oʻquv mashgʻulotlarini yaxshi oʻzlashtirmagani uchun oʻqishdan chetlatilgan.