platina.uz
Jamiyat

Gʻozgʻon shahriga yangi hokim tayinlandi

Nurali Joʻrayev bunga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasida ishlagan. 

Gʻozgʻon shahriga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyati hokimi qaroriga koʻra Nurali Joʻrayev Gʻozgʻon shahri hokimi vazifasiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Nurali Shuhratovich Joʻrayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hududlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Nurali Joʻrayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy.

Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini va Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini iqtisodchi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid