Oʻzbekistonda YaIM hajmi 100 mlrd dollardan oshdi
Bu natija norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholashdan soʻng kelib chiqqan.
Oʻzbekistonda YaIM hajmi 100 mlrd AQSh dollaridan oshdi.
Statistika agentligi tomonidan amalga oshirilgan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari eʼlon qilindi.
Unga koʻra, 2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi YaIM hajmi AQSh dollari ekvivalentida 10,7 milliard dollarga qoʻshimcha hisob-kitob qilindi va amaldagi 90,9 milliard dollardan 101,6 milliard dollarga yetdi. Shunga mos ravishda, aholi jon boshiga YaIM hajmi qoʻshimcha 3,4 mln soʻmga oshib, 32,7 mln soʻmga yetgan.
Ushbu baholashlar oʻtkazilgan tanlanma statistika kuzatuvlari natijalari hamda vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari asosida amalga oshirildi, deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq 2023 yil yakunlari bilan yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 1 066 569,0 mlrd soʻmni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan oʻsish surʼati 6 foizni tashkil etgani maʼlum qilingandi.
Telegramda kuzatib boring!