platina.uz
Jahon

Moskvadagi turarjoy binosida portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlgani aytilmoqda. 

Moskvadagi turarjoy binosida portlash yuz berdi

Moskvadagi aholi turarjoy binosida portlash sodir boʻldi. Favqulodda holat poytaxt gʻarbida Fili-Davidkovo hududida sodir boʻlgan.

Ayni damda bir kishi jabrlangani maʼlum. Mahalliy TASS agentligi hodisaning ayrim tafsilotlarini ochiqladi.

"Artamonov koʻchasida, turar-joy binosining ikkinchi qavatidagi xonadonda portlash eshitildi. Bir kishi jarohat oldi", — deydi agentlik suhbatdoshi. Agentlik shuningdek, bir kishi halok boʻlganini ham ochiqladi.

Moskva shahar gaz idorasiga koʻra, bu gaz portlashi emas. Hodisaning boshqa tafsilotlarni hozircha aniq emas.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid