Doniyor Gʻaniyev deputatlikdan ketdi
U Vazirlar Mahkamasida masʼul lavozimga tayinlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Doniyor Gʻaniyev yangi lavozimga oʻtdi
U Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, Doniyor Gʻaniyev 1988 yil Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2012 yilda Buyuk Britaniyadagi Oksford Bruks universitetini tugatgan.