platina.uz
Jahon

AQShda Yer yuzidagi eng issiq oy qayd etildi

Oʻlim vodiysida hatto kechalari ham harorat 35 darajadan pastga tushmagan. 

AQShda Yer yuzidagi eng issiq oy qayd etildi

"Yerdagi doʻzax" deya ataladigan Oʻlim vodiysi(AQSh)da tarixdagi eng issiq oy qayd etildi.

2024 yil iyul oyida u yerda oʻrtacha kunlik harorat Selsiy boʻyicha 42,5 darajaga koʻtarildi. AQSh Milliy bogʻlar xizmati maʼlumotlariga koʻra, avvalgi rekord 2018 yilda oʻrnatilgan.

Oʻtgan oyda Oʻlim vodiysida oʻrtacha eng yuqori harorat 49,4 daraja boʻlgan, toʻqqiz kun 51,7 daraja yoki undan yuqori, yetti kun esa 48,8 darajadan past boʻlgan.

Eng yuqori harorat 7 iyulda qayd etilgan - 54 daraja Selsiy. Biroq, oʻtgan oyda oʻrtacha minimal harorat 35,1 darajani tashkil etdi, yaʼni hatto kechasi ham Oʻlim vodiysida issiq edi.

"Biz Yer yuzidagi eng issiq joyda qayd etilgan eng issiq oyni boshdan kechirdik. Eng issiq 10 yilning oltitasi soʻnggi 10 yilda sodir boʻldi", — dedi park menejeri Mayk Reynolds.

Avvalroq Yerda qayd etilgan eng issiq kun 2024 yil 22 iyul sifatida tan olingandi, shu kuni sayyora yuzasida global havo harorati plyus 17,15 darajaga yetgani maʼlum boʻlgan edi.

Bu Kopernik iqlim oʻzgarishi xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning 6 iyulida Yerdagi oʻrtacha harorat 17,09 darajaga koʻtarilgan natijadan oshib ketdi, deb yozadi IFL Science.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid