AQShda Goole monopoliyasi noqonuniy deya topildi
Kompaniya internetda qidiruv tizimini monopoliya qilish va halol raqobat qoidalarini buzishda ayblangan.

Internetda Google`ning qidiruv monopoliyasi noqonuniydir, AQShda sud shunday hukm chiqardi.
Amerika sudi Google kompaniyasini noqonuniy harakat qilish, Internetdagi qidiruv tizimini monopoliya qilish va halol raqobat qoidalarini buzishda aybdor deb topdi.
Mazkur hukm Google tegishli boʻlgan Alphabet kompaniyasi jiddiy zarba boʻldi, bu texnologik biznes yurituvchi tashkilotlar ishini oʻzgartirishi ham mumkin.
2020 yilda AQSh Adliya vazirligi Google`ga qarshi daʼvo arizasini koʻrib chiqqandi, u onlayn bozorning qariyb 90 foizini boshqarishi maʼlum qilingandi. Bu yirik IT-kompaniyalarga qarshi chiqarilgan bir qator daʼvolardan biridir.
"Bu Amerika xalqining tarixiy gʻalabasi", dedi AQSh Bosh prokurori Merrik Garland. Google ishini nazarda tutib. "Kompaniya qanchalik katta yoki taʼsirli boʻlishidan qatʼi nazar - qonundan yuqori emas".
Reuters xabariga koʻra, Alphabet hukm yuzasidan shikoyat qilmoqchi.