platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda 135 nafar fuqarolarga pullik xizmat yoʻlga qoʻyildi

Ushbu xizmat uchun farzandlari bilan birga yashovchi, ammo ular kun davomida ishda boʻladigan, yoki ota-onalariga alohida vaqt ajratish imkoniyati boʻlmagan fuqarolarga koʻrsatiladi. 

Surxondaryoda 135 nafar fuqarolarga pullik xizmat yoʻlga qoʻyildi

Surxondaryoda yuz nafardan oshiq fuqarolarga pullik xizmat yoʻlga qoʻyildi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida shartnoma asosida mobil, kunduzgi qatnov shaklidagi, qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy hamda reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish belgilangan.

Shunga asosan, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi va oʻzgalar parvarishiga muhtoj hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shartnoma asosida ijtimoiy hamda reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Endi markazda koʻrsatiladigan xizmatlardan nafaqat doimiy yashovchilar balki, boshqa toifadagi fuqarolar ham foydalanishlari mumkin. Buning uchun yurtdoshlarimiz mahalladagi ijtimoiy xodim yoki "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari lozim.

Masalan, Oltinsoy tumanining “Boʻston” mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Halima opa Rajabova va uning turmush oʻrtoqlari 1-guruh nogiron, yotib qolgan. Bir nafar farzandi Toshkent shahrida oʻqiganligi sababli, tuman “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi bilan shartnoma qilib ijtimoiy xodim assistenti biriktirib berishdi. Halima opa hamda turmush oʻrtoqlari “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar reyestriga” kiritilmagan fuqaro boʻlganligi sababli ham ularga pullik xizmat yoʻlga qoʻyildi.

Maʼlumot oʻrnida: Pullik xizmat uchun farzandlari bilan birga yashovchi, ammo farzandlari kun davomida ishda boʻlganlar, yoki ota-onalariga alohida vaqt ajratish imkoniyati boʻlmagan fuqarolar uchun koʻrsatiladigan xizmat.

Koʻzlangan maqsad shaxslarning funsionalligini tiklash, shu jumladan sogʻligʻidagi mavjud nuqsonlarini bartaraf etish, ularning salbiy taʼsirini yumshatish orqali normal hayot kechirish imkoniyatini yaratish hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga qaratilgan kompleks xizmatlar koʻrsatishdir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid