platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev qisqa mehnat taʼtilidan qaytdi

Ushbu haftada prezident Qozogʻistonga boradi, "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi sammitda qatnashadi. 

Shavkat Mirziyoyev qisqa mehnat taʼtilidan qaytdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy haftada davlat rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, hafta davomida Prezident davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev 26 iyul kuni taʼtilga chiqqandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid