"Saidaziz medgorodok" 20 yilga qamaldi
U tovlamachilik, firibgarlik, jinoiy uyushma tashkil etish va boshqa ishlarda aybdor deb topilgan.

5 avgust kuni "Saidaziz medgorodok" nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kishiga nisbatan hukm oʻqildi.
Jarayon Toshkent shahri jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudida boʻlib oʻtmoqda.
Yakuniy hukmga koʻra, Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada oʻtash belgilandi.
Saidaliyev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi:
165 (Tovlamachilik);
168 (Firibgarlik);
242 (Jinoiy uyushma tashkil etish);
243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
277 (Bezorilik);
28,211 (Pora berishda ishtirok).
Eslatib oʻtamiz, "Saidaziz medgorodok" 2023 yil dekabr oyida ushlangandi.
Avvalroq yana bir jinoyat olami vakili Baxti Tashkentskiy ham 20 yil qamoq jazosiga hukm etilgandi.