platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi atroflicha muhokama qilingan. 

Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston prezidenti bilan uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashdi.

"Bugun Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Kemelevich Toʻqayev bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro kun tartibini atroflicha muhokama qildik, Oʻzbekiston-Qozogʻiston oʻrtasida axborot-mafkura, madaniy-gumanitar, taʼlim va yoshlar siyosati sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi" deya maʼlum qildi Mirziyoyeva.

"Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ochiq, ishonchli va doʻstona muloqot misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilgani hamda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi" deya xulosa qiladi Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid