Osiyoda texnologik kompaniyalar bogʻliq aksiya va indekslar pasayib ketdi
Mazkur pasayishlar fonida bitkoin ham qulay boshladi va hatto 50 ming dollardan pastga tushdi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi fond birjalaridagi savdolar davomida birja indekslari quladi. Yaponiyaning Topix indeksi 10,6 foizga pasaydi, bu 1987 yildan beri eng katta pasayishdir, deb yozadi Bloomberg.
Shuningdek, bitkoin kursi ham sezilarli miqdorda pasaydi.
Nikkei indeksi 13,4 foizga pasaydi. Tayvanning Taiex birjasi 8,4% ga, Janubiy Koreya birjasi Kospi indeksi 8% ga pasaydi.
MSCI Asia Pacific fond indeksi 4,9 foizga tushib, 2020 yilda pandemiya boshida qayd etilgan eng yomon koʻrsatkichga yaqinlashdi.
Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, indeks yoʻqotishlarining chorak qismi TSMS, TSMC, Samsung Electronics, Toyota Motor va Mitsubishi UFJ Financial Group texnologik kompaniyalariga toʻgʻri kelgan.
Osiyo birja indekslari orasida nisbatan kamroq pasayish Hindistonning Nifty indeksida (2 foiz) va Xitoyning SSI 300 indeksida kuzatildi (1 foiz).
Kospi va Topix birjalarida savdolar toʻxtatildi. Osiyo fond indekslarining tushishi fonida Dow Jones Industrial Average (-1,5%) va NASDAQ (-2,4%) uchun fyucherslar pasaydi.
Bu fonda kriptovalyuta bozorida pasayish kuzatilmoqda. Bitkoin narxi 18% ga tushib, 50 ming dollardan pastga tushdi (ayni damda esa 51 ming dollardan oshiqroq), Ethereum narxi 2,1 ming dollarga tushdi.
Bloomberg`ning qayd etishicha, pasayish sababi 2 avgustda boshlangan global aksiyalarning sotilishi boʻlgan. Agentlik taʼkidlashicha, bunga Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlikning kuchayishi va Qoʻshma Shtatlardagi aholi bandligi maʼlumotlarining eʼlon qilinishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Telegramda kuzatib boring!