platina.uz
Jamiyat

Navoiy viloyati rahbari hokimlik va tibbiyot harajatlari uchun 7,6 mlrd. soʻm ajratdi

Viloyat hokimligiga maʼmuriy binodan foydalanish, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar uchun 3 mlrd 736 mln soʻm berilishi maʼlum qilingan. 

Navoiy viloyati rahbari hokimlik va tibbiyot harajatlari uchun 7,6 mlrd. soʻm ajratdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, kechiktirib boʻlmaydigan ayrim xarajatlar uchun 2024 yil boshidan aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlar va zaxira jamgʻarmasi hisobidan 7 mlrd 622 mln soʻm ajratiladi.

Farmoyish ilovasiga koʻra, viloyat hokimligiga maʼmuriy binodan foydalanish, kommunal xizmatlardan va boshqa xarajatlar uchun 3 mlrd 736 mln soʻm beriladi.

Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga Yaponiya davlatining Jayka xalqaro tashkiloti hisobidan keltirilgan "Sumadzu" rentgen-angiograf uskunasi trubkasi yaroqlilik muddati tugaganligi sababli ushbu uskunasiga rentgen trubkasi xarid qilish va kerakli jihozlar oʻrnatish xarajatlari uchun 992 mln, viloyat endrokrinologiya dispanseriga 700 mln soʻm, fiziatriya va pulmonologiya markaziga zamonaviy jihozlar olib kelishga 700 mln soʻm, madaniyat boshqarmasiga Zomindagi festivalda viloyatda belgilangan hududlarni bezatish uchun 414 mln soʻm berilishi maʼlum qilingan.

Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga yaroqsiz holatga kelib qolgan ijtimoiy targʻibot bannerlarini yangisiga almashtirish uchun 250 mln soʻm ajratiladi.

Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari R. Sulaymonov zimmasiga yuklangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid