platina.uz

Aholining 30 yoshdan 70 yoshgacha qismi sport sinovlaridan oʻtadi

Keyinchalik bu tashabbusni mahalla aholisi va keng jamoatchilik vakillari qoʻllab-quvvatlab davom ettirishlari kutilmoqda.

Jamiyat
4-avgust 2024 yil
Aholining 30 yoshdan 70 yoshgacha qismi sport sinovlaridan oʻtadi

Sport vaziri Adham Ikramov, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi oʻrinbosari Abdullo Aslonov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda, Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida aholining jismoniy faollik darajasini baholash maqsadida sport sinovlarini qabul qilish belgilandi.

Bunda dastlab,

  • 208 ta tuman va shaharlardagi tegishli 624 nafar masʼul xodimlar uchun avgust oyida 3 kunlik oʻquv-seminarlar tashkil etiladi, kaskad uslubida 9 452 ta mahallada targʻibot ishlari amalga oshiriladi;
  • aholiga qulaylik yaratish maqsadida har bir mahalla kesimida sport sinovlarini qabul qilish boʻyicha aniq lokatsiyalar belgilanadi;
  • ixtiyoriy va maxsus talablarni bajarish tartibi, qoidalari hamda texnikasiga oid maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qoʻllanmalar ishlab chiqilib, joylarga yetkazib beriladi;
  • shaxsiy namuna boʻlib, mahalla raislari va xotin-qizlar faollari sport sinovlarini topshirishadi.

Keyinchalik bu tashabbusni mahalla aholisi va keng jamoatchilik vakillari qoʻllab-quvvatlab davom ettirishlari kutilmoqda.

Shuningdek, aholidan sport sinovlarini qabul qilish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan Respublika shtabi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+