Somalidagi plyajda terakt: 30 kishi halok boʻldi
Terakt uchun masʼuliyatni "Ash-Shabob" guruhi oʻz zimmasiga olgan.

Somali poytaxti Mogadishodagi Lido plyajida kuchli portlash yuz berdi. OAV xabarlariga koʻra, 20 dan 30 gacha odam halok boʻlgan.
Hujum uchun masʼuliyatni "Ash-Shabob" guruhi oʻz zimmasiga oldi.
Mehmonxona yaqinidagi sohilda jabrlanganlar haqida maʼlumotni Garowe, Shabelle Media Network va Baidoa online nashrlari oʻzlarining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifalarida taqdim etadilar.
Terakt aks etgan videoda Beach View mehmonxonasi fonida sohildagi odamlarning vahima tushgani tasvirlangan.
Taʼkidlanishicha, portlovchi qurilmani xudkush-terrorchi portlatgan. Baidoa nashining soʻzlariga koʻra, portlash ikkita mehmonxona hududida sodir boʻlgan.