platina.uz

Namanganda 19 mlrd soʻm sarflanyapti

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining pul ajratish boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

Jamiyat
3-avgust 2024 yil
Namanganda 19 mlrd soʻm sarflanyapti

Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining pul ajratish boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, 2024 yil ikkinchi hisobot chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishi hisobidan mablagʻ ajratiladi.

Ajratilayotgan 18 mlrd 943 mln soʻm turli tashkilotlarga beriladi. Jumladan, Namangan viloyati hokimligiga xotin-qizlar toʻlov-kontrakti uchun 258 mln, 3 ming nafar tarbiyasi ogʻir yoshlar xarajati uchun 200 mln soʻm, 788 ta mahalladagi "Keksalar maslahat guruhlari"ni ragʻbatlantirish uchun 535 mln, kurash federatsiyasiga 169 mln, futbol assosiatsiyasiga 177 mln taqdim etiladi.

Shuningdek, qator tumanlarga pul beriladi, jumladan, Uchqoʻrgʻon tumaniga 432 mln, Namangan shahriga 500 mln, Toʻraqoʻrgʻon tumaniga 459 mln, Mingbuloq tumaniga 233 mln beriladi.

Oʻzbekiston prezidentining Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ichki koʻchalarda taʼmirlash ishlari uchun 5 mlrd soʻm ajratiladi. Mingbuloq tumanidagi sil kasalliklari shifoxonasi taʼmiri uchun 3 mlrd, Pop tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab uchun 2 mlrd, Namangan shahridagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazini taʼmirlashga 1 mlrd berilishi koʻzda tutilgan. Namangandagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosini rekonstruksiya qilish xarajatlariga 1 mlrd 720 mln soʻm sarflanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+