Andijonga borgan Inna va Yulduzlarga qancha gonorar berildi?

Platina.uz sayti "Dunyo sadolari" festivaliga borgan sanʼatkorlarga qancha haq toʻlanganini oʻrgandi.

Madaniyat
3-avgust, 19:26

Soʻnggi kunlarda Andijonning Xonobod shahrida oʻtgan "Dunyo sadolari" festivali oldingi yildagidan ancha salbiy reytingga ega boʻldi deyish mumkin.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning jurnalistlarni haqorat qilgani, tadbirni yoritishga borgan OAV xodimlari kiritilmagani (boshqa oddiy aholi toʻsiqsiz kirib ketgan) katta eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda.

Shuhrat Abdurahmonov prezident Shavkat Mirziyoyev doim yoqlab va qoʻllab kelgan jurnalistlarga qarata: "Qoʻllaringdan balo ham kelmaydi baribir", degani kasb egalarining oriyatiga tegib ketgani bilan izohlanyapti.

Bu holatga hozircha viloyat hokimligi joʻyali maʼlumot bermagan.

Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati hokimi bilan bogʻliq bu holatni qoralab chiqqan. Uyushma holat boʻyicha tegishli organlardan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq munosabat bildirishini soʻragan.

Shuningdek, uyushma yangilangan Konstitutsiyaning 82-moddasida Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi belgilanganini eslatgan. Barcha mutasaddi rahbarlarni ushbu normaga qatʼiy amal qilishga chaqirgan.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+