platina.uz
Jahon

Turkiyada Instagram bloklangani aytilmoqda

Avval ushbu ijtimoiy tarmoq HAMAS rahbari Ismoil Xaniya oʻlimi boʻyicha bildirilgan hamdardliklarni cheklab qoʻygan. 

Turkiyada Instagram bloklangani aytilmoqda

Turkiya aholisi 2 avgust kuni Instagram tarmogʻiga kirishda muammolarga duch kelmoqda. OAV tarmoqning rasmiy sababini hozircha aniqlay olmadi.

Turkiyaning Yeni Safak gazetasi maʼlumotiga koʻra, hozircha bu qarorning sababi maʼlum qilinmagan.

Shu bilan birga, gazetaning xabar berishicha, 31 iyul kuni Turkiya prezidentining kommunikaitsyalar boʻyicha direktori Fahrettin Altun X ijtimoiy tarmoq platformasida HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning oʻlimi munosabati bilan hamdardlik izhor qilgan va Instagram Haniya haqidagi postlarni bloklaganini taʼkidlagan.

"Shuningdek, Instagram ijtimoiy media platformasi Haniyaning shahid boʻlganligi munosabati bilan taʼziya izhorlari nashr etilishini hech qanday asossiz toʻsib qoʻyganini keskin qoralayman. Bu senzuraga qaratilgan juda aniq va ochiq-oydin urinishdir", - dedi u.

OAVga koʻra, Turkiyada Instagramga qoʻyilgan cheklovning sababi shu boʻlishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid