platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida 3 nafar hokim jazolandi

Bunga Zangiota, Yangiyoʻl va Chinoz tumanlari hududidan oʻtuvchi yoʻlda ekilgan mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini parvarishlash bilan bogʻliq ishlar yetarlicha tashkillashtirilmaganligi sabab boʻlgan.

Toshkent viloyatida 3 nafar hokim jazolandi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning qarori bilan Yangiyoʻl tumani hokimi Odiljon Kasimovich Ataullayev, Chinoz tumani hokimi Sherzod Abduxakimovich Salixovlarga nisbatan "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

Zangiota tumani hokimi Erkin Erkamovich Rustamov esa soʻnggi bor qatʼiy ogohlantirildi.

Bunga Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyoʻl va Chinoz tumanlari hududidan oʻtuvchi M-39 "Toshkent – Termiz" avtomobil yoʻli mintaqasida ekilgan mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini doimiy sugʻorish va parvarishlash bilan bogʻliq ishlar yetarlicha tashkillashtirilmaganligi sabab boʻlgan.

Shuningdek, yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganligi va oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun Yangiyoʻl tumani hokimi oʻrinbosari Bahriddin Abdusatarovich Karimov hamda Chinoz tumani hokimi oʻrinbosari Tohir Gapurovich
Tajibayev qatʼiy ogohlantirilgan.

Bundan tashqari viloyatda boshqaruv servis kompaniyalarda debitor qarzdorliklarni qisqartirilishi yuzasidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yigʻilishga puxta tayyorgarlik koʻrmaganligi hamda ijro intizomiga rioya qilmaganligi uchun viloyat hokimligi shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri Mansur Xudaykulovga nisbatan ham hayfsan berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid