platina.uz

"Mahalla" uyushmasi va "Nuroniy" jamgʻarmasi hamkorlik boshladi

Qahramon Quronboyev va Sodiqjon Turdiyev memorandum imzoladilar.

Jamiyat
2-avgust 2024 yil
"Mahalla" uyushmasi va "Nuroniy" jamgʻarmasi hamkorlik boshladi

Mahallalar uyushmasi "Nuroniy" jamgʻarmasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Bugun Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mahallalarda nuroniylar faoliyati samaradorligini oshirish, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga koʻmaklashish, keksalarning muammolarini manzilli oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha qator hamkorlikdagi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Shuningdek, kelgusida ham nuroniylar yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash, aholi bandligini taʼminlash, mahallalarda tartibli va xavfsiz migratsiyani joriy etish yoʻnalishlarida «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikka kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+