Alisher Yusupov bronza medalni qoʻlga kiritdi
Yaponiyalik dzyudochiga qarshi maydonga chiqqan Yusupov yorqin gʻalabaga erishdi.

Alisher Yusupov Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi bronza medalini keltirdi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi gʻaznasi yana bir bronza medali bilan boyidi. Mazkur medalga dzyudochi Alisher Yusupov mualliflik qildi.
+100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Yusupov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuro Saitoni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.