Muzaffarbek Toʻraboyev bronza medali sohibiga aylandi
Oʻzbekiston olimpiadada jamgʻargan medallar soni ikkitaga yetdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ikkinchi medaliga sazovor boʻldi.
Dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev -100 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Toʻraboyev uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini magʻlubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi jamgʻargan medallar hozircha 1 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.