Eldor Shomurodov "Verona"ga ijaraga berilishi mumkin
Hozirda oʻzbek futbolchisini biror jamoa toʻliq sotib olish niyatida emas.

"Verona" klubi "Roma" va Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovni vaqtinchalik ijaraga olish muzokaralar olib bormoqda.
Aytilishicha, "Roma" keyingi transfer investitsiyalari uchun yaxshi foyda keltiradigan futbolchilar savdosiga muhtoj.
"Roma" ijaraga bermoqchi boʻlgan futbolchilardan biri Eldor Shomurodov boʻlib, u "Kalyari"da ijarada oʻynagan va Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Parij Olimpiadasida ishtirok etdi.
Shomurodov yana "Roma"ni vaqtincha tark etishi mumkin, chunki hech bir jamoa uni doimiy ravishda qoʻlga kiritishni istamayapti, deyiladi Romapress xabarida.
La Gazette della Sport xabariga koʻra, "Verona" uni nishonga olmoqda va yaqin kunlarda "Roma" bilan ijara transferini aniqlash uchun muzokaralar olib borish niyatida.
"Verona" sport direktori Shon Sogliano "Roma" bilan kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib bormoqda.