platina.uz
Jahon

Venesuelada saylovdan keyingi tartibsizliklarda toʻrt kishi halok boʻldi

Mamlakatda Maduroning qayta saylanishiga qarshi noroziliklar toʻxtamayapti, 749 kishi hibsga olingan, 50 ga yaqin inson jarohatlangan. 

Venesuelada saylovdan keyingi tartibsizliklarda toʻrt kishi halok boʻldi

Venesuelada prezidentlik saylovidan keyingi namoyishlar chogʻida toʻrt kishi halok boʻldi. Bundan tashqari, rasmiylar 749 kishining hibsga olinganini eʼlon qildi.

Dushanba kuni Venesuelada prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalariga qarshi namoyishlar chogʻida kamida toʻrt kishi halok boʻldi, deya xabar bermoqda nodavlat notijorat tashkilotlari.

Namoyishlar Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi prezident Nikolas Maduroni gʻolib deb eʼlon qilganidan keyin boshlandi.

Mamlakat shifxonalaridagi vaziyatni kuzatuvchi Milliy kasalxona tadqiqoti shimoliy Aragua shtatida ikki va poytaxt Karakasda bir kishi oʻlganini maʼlum qildi. Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, 44 kishi jarohatlangan.

Avvalroq Foro Penal nodavlat tashkiloti mamlakat shimoli-gʻarbidagi Yaracuy shtatida bir kishi oʻlgani haqida xabar bergan edi.

Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saabning aytishicha, namoyishlarda 749 kishi hibsga olingan. Uning soʻzlariga koʻra, yaqin soatlarda bu raqam yanada oshishi mumkin.

Muxolifatchi siyosatchi va prezident Nikolas Maduroning keskin tanqidchisi, Milliy assambleyaning "Xalq irodasi" partiyasidan deputati Freddi Superlano hibsga olindi.

"Bir necha daqiqa oldin bizning milliy siyosiy koordinatorimiz Freddi Superlano oʻgʻirlab ketildi", deyiladi partiya X ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotda.

Uning ittifoqchilari Maduroning qayta saylanishiga qarshi norozilik namoyishlari chogʻida kuchaygan repressiyani qoralashlarini aytishdi.

Eslatib oʻtamiz, Maduroning qayta saylanishini Rossiya, Xitoy, Eron, Kuba kabi davlatlar tan olgan boʻlsa, AQSh, Chili, Argentina va qator Lotin Amerikasi davlatlari tan olmagan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid